“WF (Wild&Free) Taste Energy” brendi ostidagi 0,5 l hajmli salqin ichimliklar va 1 l. hajmli “Tiger`s Power energy drink” energetik ichimligi. «WF (Wild&Free)» va «Tiger`s Power» ichimliklari uchun ingrediyentlar Yevropaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetkazib beriladi. Ichimliklarni ishlab chiqarilayotgan uskunalar Yevropa bozorida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi, bu bizning ichimliklarimizning sifati yuqori bo‘lishiga imkon beradi
Texnologik jarayonlarda Germaniyaning «KHS» kabi zamonaviy yuqori samaradorlikka ega uskunalaridan foydalaniladi. Olingan texnologik jihozlar jahondagi yetakchi ishlab chiquvchilar va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilarning o‘z texnologiyalarini loyihaviy takomillashtirish ustida muntazam tarzda ish olib borishlari samarasidir. Bizning uskunalarimiz texnologik jihatdan zamonaviy, tejamkor va ekologik toza uskunalar bo'lib, uskunaning ishlash tamoyillari maksimal darajada avtomatlashtirilgan va xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sifatli mahsulotlarni olish imkonini beradi.